"Folksvagen" kompaniyasi taqdim etgan yangi modellardan biri tashqi koʻrinishidan mikroavtobusga oʻxshaydi. Biroq, kompaniya gʻoyasiga koʻra, u koʻp funksiyali: undan oila uchun, ofis uchun, yuk tashish uchun va hatto yoʻltanlamas sifatida ham foydalanish mumkin. Model nomi sifatida oʻylab topilgan soʻz ham ushbu koʻp funksiyalilikka ishora qiladi. Qizigʻi shundaki, xuddi shu soʻz bilan "Uchar kema" va "Sehrli uzuk" qahramonlarini ham atash mumkin. Ushbu soʻzni yozing.