Otning ikkita old oyogʻi havoda boʻlsa — jangda halok boʻlgan harbiyga oʻrnatilgan haykal. Otning bitta old oyogʻi koʻtarilgan boʻlsa — jangdan keyin jarohatlardan vafot etgan harbiyga oʻrnatilgan haykal. Otning toʻrtala oyogʻi ham poydevorda tursa — chavandoz tabiiy sabablar bilan vafot etgan. Bu anʼana, garchi hamma ham unga amal qilmasa-da... Diqqat, savol: agar ot faqat ikkita orqa oyogʻida turgan boʻlsa, chavandoz haqida nima deya olasiz?