Tasavvur qiling, siz buxgalter, kassa xodimi yoki hisobchisiz. Kun boʻyi buxgalteriya hisobotlari, debet, kredit, buxgalteriya kitoblari, yuk xatlari, flomasterlar, ruchkalar, teshikochgichlar, qogʻoz qisqichlar, kalkulyatorlar va hokazolar bilan ishlaysiz. Kun oxiriga kelib bularning hammasi joningizga tegdi. Hayotingizdan, ayniqsa ishingizdan noliysiz. Va nihoyat, uyga qaytasiz. Zamonaviy fan sizga qanday dam olish turini tavsiya qiladi? Bilasizmi, menimcha, bu siz uchun juda qiyin savol. Keling, oʻzim javob beraman. Zamonaviy fan sizga uyga kelib, darhol koʻchaga tushishni, agar qaysidir qavatda yashasangiz, yoʻlovchilar olomoniga aralashib ketishni, oʻtayotgan avtobuslar, mashinalarni kuzatishni va hokazolarni tavsiya qiladi. Men savolni ham, toʻgʻri javobni ham aytdim. Sizdan faqat toʻgʻri javobni asoslash talab qilinadi. Ushbu javob foydasiga kamida uchta asosiy dalil keltiring.
Mayda qoʻzgʻalmas yaqin narsalardan yirik harakatlanuvchi uzoq narsalarga chalgʻish