Ushbu qirolning katta buvisi o‘z singlisini qatl qilgan, ammo o‘z o‘g‘li tomonidan monastirga qamalgan. Bu qirolning otasi taxtda bor-yo‘g‘i ikki yil o‘tirish uchun o‘z otasini qatl qilgan, u (otasi) o‘lik holda topilganda esa, taxtni baxtsiz hodisa tufayli hayoti fojiali yakunlangan bu qirolning akasi egallagan. Qirolning o‘z hukmronligiga esa bir g‘alati metamorfoza chek qo‘ygan. Ushbu qirolning ismini ayting.