gotquestions.online

Sokratning oldiga bir donishmand kelib debdi: — Sokrat, senga doʻsting haqida bir gap aytmoqchiman... — Toʻxta, — debdi Sokrat. — Aytmoqchi boʻlgan gapingni uchta elakdan oʻtkazdingmi? — Qaysi elaklardan? — Birinchisi — haqiqat elagi. Buning haqiqat ekanligiga ishonching komilmi? — Yoʻq, shunchaki eshitdim. — Ikkinchisi — ezgulik elagi. Bu maʼlumot biror yaxshilik keltiradimi? — Yoʻq, senga aytadigan hech qanday yaxshi gapim yoʻq. — Unday boʻlsa, ishonch hosil qilish uchun uchinchi elakdan oʻtkazish kerak... Ammo muloqot xuddi shunday davom etibdi. Shunda Sokrat: "Bor, mening ham, oʻzingning ham vaqtingni bekorga sarflama", debdi. Xoʻsh, uchinchi elak nima edi?

Manba