"Kommersant VLAST" jurnalining sonlaridan birida Belorussiyadagi saylovlar haqidagi maqola sarlavhasi muqovaga chiqarilgan. Bu sarlavha ikki gapdan iborat. Birinchi gap — "Lukashenko". Ikkinchi gap bir soʻzdan tashkil topgan. Agar ushbu soʻz, bir tomondan, oʻtgan saylovlarda haqiqatan ham Lukashenko gʻalaba qozonganini biroz kesatiq bilan taʼkidlasa, ikkinchi tomondan, maqolada uning baʼzi iqtiboslari keltirilganini bildirsa, ikkinchi gapni ayting.