Chexiyadagi opera teatrida yilda bir marta eng yaxshi xonandalar faqat ular uchun gala-konsert berishadi. Fransiyada faqat ular oʻz mashinalarini Yelisey maydonlarida mamlakat prezidentining mashinasi yoniga qoʻyishlari mumkin. AQSHda esa bu ish bilan bepul shugʻullanish — sogʻlom, kuchli va vatanparvar boʻlishni anglatadi. Agar siz bu odamlarni bir soʻz bilan atasangiz, u nafaqat insonga nisbatan ishlatilishini, balki fizika kursidagi termin ekanligini ham eslaysiz. Uni ayting.