Volga burlaklari ogʻir yuklangan barjalarni arqon bilan tortib, Volga boʻylab ketayotganlarida, yoʻlda uchraydigan kichik irmoqlarni kechib oʻtishlariga toʻgʻri kelgan. Oʻzlarining eng qimmatli anjomlarini hoʻl qilmaslik uchun burlaklar ularni koʻkraklariga yoki qoʻltiq ostiga bogʻlab olishgan. Agar kechuv chuqur boʻlib, suv koʻkrakka qadar yetsa, burlaklarning ishi chatoq boʻlgan — u yogʻiga harakatlanish xavfli edi. Bunday hollarda ular hozirgi kunda ibora boʻlib qolgan qaysi gapni aytishgan?