Bir safar mashhur aktyor Tommazo Salvini birinchi pardada unutuvchanlik tufayli pardozini oxiriga yetkazmasdan sahnaga chiqdi. Ikkinchi parda boshida u chiqqanidan so‘ng tomoshabinlar hushtak chalib, norozilik bildira boshlashdi. Salvini qo‘lqoplarini yechdi — va tomoshabinlar qarsaklar bilan olqishlab yuborishdi. Diqqat, savol: o‘sha kuni buyuk tragik qaysi rolni ijro etayotgan edi?