Birinchi jahon urushi paytida fransuzlar Parijga hujum qilayotgan nemislarga qarshi zudlik bilan rezervlarni yuborishi kerak boʻlgan vaziyat yuzaga keldi. Bir kecha ichida front chizigʻiga olti ming askar yetkazildi. Shundan soʻng Parijda: «Agar gʻozlar Rimni qutqargan boʻlsa, Parijni ... qutqardi» deyishgan. Mashhur fransuz komediya kinotrilogiyasini eslang va ushbu iqtibosni bir soʻz bilan yakunlang.