Ushbu savolga javob berish uchun bor kuchingizni ishga solishingiz (yuz foiz berilishingiz) kerak boʻladi. Lekin haddan tashqari urinib yubormang — oldinda hali koʻplab qiyin savollar bor. «Ushbu qadahni koʻryapsanmi? — derdi menga rebe. — Mana, men uni vino bilan toʻldiryapman. Hozir u labigacha vino bilan toʻla. Agar men yana quyishga harakat qilsam, vino chetidan toshib chiqadi va dasturxonni bulgʻaydi». Rebe shunday nafis usul bilan men suhbatda ishlatgan ibora yaxshiroq emas, balki yomonroq ekanini tushuntirdi... Nimadan koʻra?