Dionisiy Fabrisius "Livoniya tarixi" asarida yozishicha, Tartu yaqinidagi Falkenau monastiri rohiblari huzuriga papa legati keladi. Rohiblar undan dotatsiyani oshirishni talab qilib, tarkidunyo qilib yashayotganliklari va oʻz tanalarini eng shafqatsiz usullar bilan qiynayotganliklarini roʻkach qilishadi. Haqiqatan ham, legat rohiblarning oʻzlarini xivichlar bilan ayovsiz savalayotganini, doʻzaxiy issiq va chidab boʻlmas sovuq taʼsiriga duchor boʻlayotganlarini koʻradi. Monastirga beriladigan dotatsiya oshiriladi. Qizigʻi shundaki, bugungi kunda biz ham Falkenau rohiblarining xatti-harakatlarini juda munosib deb hisoblagan boʻlardik. Biz ularni nima uchun maqtagan boʻlardik?