Ushbu savolda ALFA boshqa bir necha soʻzning oʻrnini bosadi. Ritsin molekulasi ikkita oqsil zanjiridan iborat boʻlib, ulardan biri butun molekulani hujayraga yetkazish uchun javobgar, ikkinchisi esa oʻsha hujayrani yoʻq qiladi. Nil Bredberi ritsinni ALFAga oʻxshatadi. Oʻtgan asrning ikkinchi yarmida ALFAlar tufayli laqab olgan shaxsni ayting.