Yaqinda mamlakatlardan birining aholisi besh soniya davomida gʻayritabiiy hodisani kuzatishga muvaffaq boʻlishdi: maʼlum bir obyekt gʻayrioddiy shaklda namoyon boʻldi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bunday optik aldanish dengiz yuzasida nurlarning oʻziga xos sinishi tufayli vaqti-vaqti bilan sodir boʻlib turadi. Jurnalistlar darhol kinoya qilib, agar BU takrorlansa, ushbu davlatning rasmiy ramziga oʻzgartirishlar kiritish haqida oʻylab koʻrish kerakligini aytishdi. Boz ustiga, bunday holatda yangi narsa yaratish shart emas, balki sizga aniq maʼlum boʻlgan mavjud sanʼat asaridan foydalanish mumkin boʻladi. Ushbu asar muallifini ayting.