[Boshlovchiga: “labirintli” soʻzini ohang bilan ajratib koʻrsatmasin] Makropodlar, xoʻrozchalar, lyaliuslar va labirintli baliqchalar turkumiga kiruvchi boshqa baliqlar tabiiy sharoitda deyarli kislorodsiz suvda yashaydilar. Shuning uchun bu baliqlarda atmosfera havosini oʻzlashtirishga imkon beruvchi murakkab shaklli qoʻshimcha nafas olish organi mavjud. Bu organ qanday ataladi?