Diqqat, masala! Mayxonaga toʻqqizta mijoz kelib, baliq tortishni talab qilishdi. Mezbonning baxtga qarshi atigi uchta baligʻi qolgan edi. Shunga qaramay, u foyda koʻrish imkoniyatini qoʻldan boy bergisi kelmadi: ixtiyorida uchta baliq boʻla turib, u mehmonlarga toʻqqizta baliq tortishga vaʼda berdi. Mehmonlar bunga qiziqib qolishdi va hatto pulni oldindan toʻlashga rozi boʻlishdi. Mayxona egasi vaʼdasini qanday bajargan? Javobingizni chizib koʻrsating (shartli ravishda).