Oʻrta asrlarda Shimoliy dengiz qaroqchilari savdogar kemalariga dahshat solishgan. Qizigʻi shundaki, hozirda laqabi "qaroqchilar" boʻlgan Gamburgning "Sankt-Pauli" futbol klubi muxlislari Germaniyaning boshqa bir port shahridagi "ALFA" klubi muxlislari bilan ashaddiy raqobatlashadilar. Biz qaysi soʻzni "ALFA" soʻzi bilan almashtirdik?