Bir kuni qirol Eduardning leyb-medigi kasal boʻlib qolgan monarx huzuriga chaqirildi. U oʻz talabalariga shunday eʼlon qoldirdi: “Yaqin kunlarda mening maʼruzalarim boʻlmaydi, chunki men Janobi Oliylarini davolash uchun Londonga ketdim”. Ertasi kuni talabalar ushbu eʼlon ostiga uchta soʻzdan iborat qanday qoʻshimcha yozib qoʻyishdi?