Shu yozda mashhur insonlardan birining Birlashgan Qirollikka qilgan doʻstona tashrifining yumaloq sanasi nishonlandi. Shu munosabat bilan Grinvichdagi Milliy dengizchilik muzeyida yubiley ekspozitsiyasi tashkil etildi. Koʻrgazma bir qarashda gʻayritabiiy tuyulmaydi, ammo biroz qiziquvchanlik koʻrsatilsa... Maʼlum boʻlishicha, u astronom Edmund Xeyli bilan suhbatlashish uchun mashhur Grinvich observatoriyasiga tashrif buyurganidan soʻng, u yerga zudlik bilan kapital taʼmirlash kerak boʻlgan. U toʻxtagan mehmonxonani esa qaytadan qurishga toʻgʻri kelgan va hokazo. Ingliz tarixchilari uning quvnoqligi va yetkazgan zarari darajasi boʻyicha Stiv Taylerdan ham oʻtib tushgan degan fikrga kelishgan. Bu "buyuk" vayronkor kim?