Yigirma ikki asr oldin Xitoyning Chanyan shahrida ulkan saroy majmuasi boʻlgan. Imperator odamlar orasida kam koʻrinardi, shunga qaramay, unga kamida uch marta suiqasd uyushtirilgan. Suiqasdlardan biridan soʻng saroydagi barcha darvozalar almashtirildi va har bir darvozaga qoʻriqchi qoʻyildi. Endi hech kim saroyga qurol bilan sezilmasdan kira olmasdi. Ayting-chi, darvozalar nima uchun almashtirilgan?
Saroyga qurol olib kirishning imkoni boʻlmasligi uchun.