Nobel mukofoti sovrindori boʻlgan ushbu shifokor oddiy odamlarni bajonidil davolagan. Bir safar uni kayzer Vilgelmning huzuriga chaqirishadi. "Umid qilamanki, meni boshpanasiz gadoylardan boshqacharoq davolaysiz?" — deb soʻraydi u. "Qoʻrqamanki, bu imkonsiz, — deb javob beradi shifokor, — Aytishlaricha, men bemorlarga xuddi qirol oilasi aʼzolaridek munosabatda boʻlar ekanman". Ushbu olijanob insonning ismi va familiyasini ayting.