Ushbu madaniy-psixologik fenomen har doim faylasuflar, psixologlar, shifokorlar, yozuvchilar, biofiziklar va dramaturglar eʼtiborini tortib kelgan. Uni Freyd, Lorens, Chesterton tadqiq qilishgan. Bu narsa, boshqalar qatori, insonni hayvondan ajratib turadi deb hisoblanadi. Mashhur shifokor Matye esa buni shunchaki panatseya (hamma dardga davo) deb hisoblagan. Biroq, bu holat baʼzan ogʻriqli va uzoq davom etadigan hodisaga aylanishi mumkin va shunda biz mashhur yunon shoirini eslaymiz. Gap nima haqida ketmoqda?
KULGI (uzoq davom etgan kulgi xuruji — Gomercha kulgi)