Yaqinda bir isroillik vazir oʻziga qarashli muassasalardan biriga tashrif buyurdi. Tashrif norasmiy va dabdabasiz edi. Vazir binoni tark etmoqchi boʻlganida, uni nazorat punktida avvalgisining oʻrniga kelgan va rahbariyat tashrifidan bexabar yangi qoʻriqchi toʻxtatdi. Vazir tushunmovchilik shu bilan tugaydi deb oʻylab, oʻzini tanishtirdi. Qoʻriqchining javobidan maʼlum boʻldiki, vazir u oʻylaganchalik noyob emas ekan. Gap qaysi vazirlik haqida ketayotganini topsangiz, oliy martabali mehmon tashrif buyurgan muassasani ayta olasiz.