[Tarqatma materialni har bir jamoaga uch nusxadan chop etish kerak. Savol matnini oʻqishdan oldin quyidagilarni aytish kerak: "Hurmatli bilimdonlar. Jamoangizning bir vakili boshlovchi stoliga yaqinlashib, tarqatmani olsin va uni oʻz jamoasi oʻyinchilariga tarqatsin".] ULAR haqidagi bahsda huquq nazariyotchisi Tomas Jeffersonning "... Oʻz shamini menikinidan yoqqan kishi, meni zulmatda qoldirmasdan nurga ega boʻladi" degan iborasi eslatib oʻtildi. U — ham Shimoliy Irlandiyadagi daryoning nomi, ham sizga tasviri tarqatilgan Amerika kemasining nomi. UNI ayting.