Qadimgi misrliklarning tasavvuriga koʻra, har bir vafot etgan kishi Osiris sudidan, yaʼni "psixostasiya"dan oʻtadi. Psixostasiyada boshqa xudolar ham ishtirok etadi. Masalan, Anubis marhumning yuragini chiqarib, tarozi pallasiga qoʻyadi; boshqa pallaga esa haqiqat maʼbudasi Maat tuyaqush patini qoʻyadi. Agar yurak solingan palla ogʻirroq kelsa, demak marhumning yuragi gunohlar bilan ogʻirlashgan boʻladi va uni tarozini qoʻriqlayotgan maxluq Amt yeb qoʻyadi. Tarozining bevosita yonida turgan donishmandlik xudosi va yozuv asoschisi Tot psixostasiya paytida nima bilan shugʻullanadi?