Iosif Brodskiy hayotida bu uch shahar alohida oʻrin tutadi. Uning fikricha, ikkinchi va uchinchi shaharlar orasidagi farq shundaki, agar ikkinchisida kenglik gorizontal boʻlsa, uchinchisida — vertikaldir: "hatto qaldirgʻochlar ham bular orasida uchib, aqldan ozishi hech gap emas". Kanallardagi suv sathi gorizontal, osmonoʻpar binolarning oynavand tekisligi esa vertikal ekanligini qoʻshimcha qilish shartmi? U birinchi shahardagi uchinchi shahardan ham yoshroq va ikkinchisiga juda oʻxshash bir joyni eslagan edi. Bir daqiqadan soʻng oʻsha joyni ayting.