Yaqinda Buyuk Britaniyada yangi oʻyinchoq — "Superqahramon Koʻrinmas Jim" paydo boʻldi. Xaridorlarga bayramona oʻralgan keng quti taklif etiladi, uning devorlari turli tillardagi tushuntirishlar va ogohlantirishlar bilan toʻla: batareyalar qoʻshilmagan, kamuflyaj kiyimi alohida sotiladi, superqahramon botinkalari falon pul turadi, sehrli lazer qilichlar va sehrli oʻqlar bilan kamonlarni falonchi boʻlimdan sotib olish mumkin... Bu oʻyinchoq ikki funt sterling turadi. Ayting-chi, qutining ichida nima bor?