Oʻtgan mavsumda NHLda Sergey Fedorov kuchli "Anaxaym"dan oʻrtacha "Kolambus"ga almashtirilganda, Kanada matbuotida quyidagi karikatura chop etildi: "Kolambus" bosh menejeri klubning yangi xaridini, ya'ni Fedorovning oʻzini ommaga tanishtirmoqda. Uning qoʻlida oʻyinchining familiyasi va raqami tushirilgan sviter bor. Bunda Sergey odatda oʻynaydigan haqiqiy raqamga bitta raqam qoʻshilgan. Karikaturadagi ushbu yangi raqamni yozing.