Yaqinda AQShda bir necha kishi gʻalati xastalikdan shikoyat qilishdi. Bu odamlarga goʻyo inson ovozlari goh muzlatkich, goh sovun sotib olishni maslahat berayotgandek tuyulgan. Keyin esa "farishtalar xori" yangragan. Maʼlum boʻlishicha, "kasallanishdan" oldin bu odamlarning barchasi bitta shifokor qabulida boʻlishgan. Ushbu shifokorning mutaxassisligini ayting.