Qishloqda yangi rus uyi qurilibdi. Uni ko‘rish uchun hamma bolalar yugurib kelishibdi. Biri so‘rabdi: — Bu basseynning uzunligi qancha? — Bir yuz ellik metr. Sen kimning aqlli bolasisan? — debdi biznesmen. — Men Tatyananikiman. — Bu uyda necha qavat bo‘ladi? — so‘rabdi ikkinchisi. — To‘rtta. Sen kimning aqlli bolasisan? — Men Veranikiman. — Amaki, siz necha yil ishchilar sinfini ekspluatatsiya qilgansiz? — so‘rabdi uchinchisi. Biznesmen hech narsa demabdi, faqat boladan kimniki ekanligini so‘rabdi. Bola nima deb javob bergan?