Tekis vertikal kesma chizing. Endi savol! Bir LJ-foydalanuvchisi oʻz jurnalida mashhur rangtasvir asarlariga gʻayritabiiy nuqtayi nazardan qaralgan rasmlarni joylashtirdi. Toʻplamda "Ivan Grozniy oʻgʻlini oʻldirmoqda, orqadan koʻrinish", "Volgadagi burlaklar. Kemadan koʻrinish", "It koʻzi bilan 'Yana ikki'" va hokazolar bor. Siz savolni oʻqishni boshlaganda ushbu toʻplamdagi bir rasmni tasvirladingiz. Rasmdagi nomning dastlabki ikki soʻzini yozing.