Yaqinda Tokioda ko'rinishidan oddiy, ammo sirli voqea sodir bo'ldi — ochiq quyoshli ob-havoda hech qanday ko'rinadigan sababsiz pullik to'xtash joyida tinchgina turgan motoroller to'satdan yonib ketdi. Politsiya olimlar bilan maslahatlashmaguncha bu hodisaning asl aybdorini aniqlashda ancha bosh qotirishiga to'g'ri keldi. U kim edi?
Yaqin atrofdagi ko'zguli osmono'par bino. Motoroller shishalar tomonidan qaytarilgan nurlar fokusiga tushib qolgan va bu nurlar o'rindiqning sintetik qoplamasini yondirib yuborgan.