Adabiyotshunos Alfred Barkovning fikricha, M. Bulgakov oʻz romanidagi Usta (Master) obrazi orqali oʻzini emas, balki boshqa bir real yozuvchini tasvirlagan. Margarita obrazida esa oʻsha yozuvchining mahbubasi, uni bir marta sotgan va keyinchalik emigratsiyaga koʻndirgan aktrisa Mariya tasvirlangan. Qizigʻi shundaki, boshqa tadqiqotchilar Oksana va Pavel Maslakning fikricha, Tolstoy ham oʻz qahramonlari uchun aynan oʻsha yozuvchi va aktrisani prototip qilib olgan. Aktrisa qaysi qahramon uchun prototip boʻlganini ayting.