Bu inson oʻz davrida koʻp boʻlgan Nostradamus kabi bashoratchilarning soʻzlariga ishonmas edi. Ularni masxara qilib, u "Bashoratlar" asarini yozgan va unda tumanli, baʼzan esa vahimali iboralar bilan oddiy narsalarni: uyqu, inson soyasi, koptok oʻyini, chumolilar, yer qazuvchining ishi, olov yoqishni tasvirlagan. Sizga bu asarlar yaxshi maʼlum. Ularning muallifini ayting.
Leonardo da Vinchi ("Leonardoning topishmoqlari" deb ataluvchi asarlar "Bashoratlar" kitobidan olingan).