Pyer Rishar bu inson bilan tanishganida, undan birorta ham so‘z eshitmagan — voqea stomatologiya kabinetida yuz bergan va uning og‘zida asboblar bo‘lgan. "U barmoqlari bilan nimadir ko‘rsatishga harakat qilardi, men esa faqat kular edim, — deb eslaydi Rishar. — Faqat u vafot etganidan keyingina tushundim: u uchrashib gaplashish uchun tashrif qog‘ozimni so‘ragan ekan. Endi esa men uning xotirasini bir daqiqalik qichqiriq bilan yodga olmoqchiman". Pyer Rishar kim haqida gapirgan edi?