Natalya Maslennikovaning ertaklaridan birida chet ellik monarxni sevib qolgan yogʻoch qiz haqida hikoya qilinadi. Qaysar, ammo sodda boʻlgan bu qiz oʻz maqsadiga erishish uchun eng qisqa yoʻlni tanlaydi. Bu yoʻlda uni har qadamda xavf-xatarlar poylar, qaroqchi kemalar tahdid qilar, harbiy goʻzallar uning koʻnglini ovlashga urinardi... Afsuski, yakunda takabbur monarx unga begona boʻlib chiqadi. Uning dugonalaridan biri esa ancha moslashuvchan harakat qilib, jamiyatda eng yuqori mavqega erishadi. Gap nima haqida ketayotganini anglagan boʻlsangiz, ayting-chi, ushbu ertakda yer qanday ranglar gammasida edi?