Biz turni bolalar rasmi bilan boshlagan edik, uni kattalar karikaturasi bilan yakunlaymiz. Tasavvur qiling: biri ikkinchisining ostida joylashgan ikkita balkon. Har bir balkonda bittadan odamcha bor. Pastdagi odamcha yuqoridagiga gʻisht otmoqda. Gʻishtlar yetib bormasdan, qaytib tushib pastdagining boshiga urilmoqda. Yuqoridagi odamcha esa xotirjamlik bilan pastga gʻisht otmoqda va ular ham pastdagi odamchaning boshiga tushmoqda. Karikatura ostidagi yozuvdagi boʻshliqlarni toʻldiring: "Yuqoridan (boʻshliq) va pastdan (boʻshliq)".