"San'at xalqqa tegishli bo'lishi kerak" — bu shior inqilobiy Fransiyada paydo bo'lgan. Dastlab Luvrga "xalq dushmanlari" — qirol, aristokratlar va cherkovdan musodara qilingan kolleksiyalar yig'ilgan. Fransiya Yevropaga bostirib kirgach, san'at asarlari bosib olingan mamlakatlardan kela boshlagan. Ammo, masalan, "Tungi qorovul" asariga, ta'bir joiz bo'lsa, "tegishmagan". Nima uchun?
U allaqachon "xalqqa tegishli" edi — ratushada osig'liq edi, ya'ni munitsipal mulk edi.