Shimoliy Amerika maktab oʻquvchilarining topishmogʻi. Bir kuni kechqurun Sherlok Holmsning xonadoni oynasini sindirib ketishadi. Holms uning uchta qoʻshnisi — aka-uka Krimsonlar burchak ortiga qochib ketayotganini koʻrib qoladi. Ertasi kuni ertalab uning eshigi tagiga matni rasmda koʻrsatilgan xat tashlab ketiladi. Holms oyna haqida soʻrashi kerak boʻlgan aka-ukaning ismini yozing.