Bir kuni Diogendan nima uchun koʻpchilik odamlar gadoylarga sadaqa berishadi-yu, faylasuflarga berishmaydi deb soʻrashdi. Diogen bu odamlar maʼlum bir bashorat qilish qobiliyatiga ega ekanliklarini nazarda tutib javob berdi: "Ular bilishadiki...". Mutafakkir fikrining mantiqini davom ettiring.
"Ular bilishadiki, oʻzlari ham qachondir gadoy boʻlib qolishlari mumkin, lekin faylasuf boʻla olishmaydi".