Qiziqchi Uill Rojers Oq uyga qabulga taklif qilinadi va u yerda AQSH prezidenti Kalvin Kulidjga tanishtirilishi kerak edi. Uni prezidentni kuldirish deyarli imkonsiz ekanligidan ogohlantirishadi, lekin u buni uddalashiga garov boylaydi. Va buni darhol amalga oshiradi! Qanday qilib?
Prezidentga tanishtirilayotganda Rojers shunday deydi: "Kechirasiz, familiyangizni yaxshi eshitmay qoldim. Kim bilan sharaflanyapman?".