Ayzek Azimovning "Xellouin" hikoyasida bir kishi jamoatchilik eʼtiborini yadroviy ishlanmalarga qaratish maqsadida maxfiy laboratoriyadan plutoniy oʻgʻirlaydi. Bu Barcha Avliyolar kuni arafasida sodir boʻladi va u taʼqibchilardan mehmonxonaga qochib kirib, vafot etadi, ammo ulgurib birgina soʻz — "Xellouin"ni aytadi. Uning yonidan plutoniy solingan chamadoncha topilmaydi, lekin yetib kelgan davlat xavfsizligi xodimi ish bilan tanishib chiqib, xavfli yukni darhol topadi. Oʻgʻri plutoniyni mehmonxonaning nechanchi raqamli xonasida qoldirgan edi?