Diqqat, ikkita roʻyxat! Birinchisi: Meksika, Bagama orollari, Gʻarbiy Sahroi Kabir, Mavritaniya, Mali, Jazoir, Liviya, Misr, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Hindiston, Bangladesh, Myanma, Xitoy, AQSH, katta qiyinchilik bilan — Yaponiya. Ikkinchisi: Chili, Argentina, Paragvay, Braziliya, Namibiya, Botsvana, JAR, Mozambik, Malagasiya respublikasi, Avstraliya, qiyinchilik bilan — Fransiya, Fiji, Tonga, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya. Hozir qora qutida kitobi turgan yozuvchining ismi va familiyasini ayting.