Bir ertakda aytilishicha, Parvardigor yer yuziga yer osti boyliklarini taqsimlayotganida, Yevropaning qoq markazidagi bir mitti davlatga ular yetmay qolgan ekan. Ushbu adolatsizlikni tuzatish uchun Parvardigor bu mamlakatga osmon qasrlariga oʻxshash togʻlarni, ulkan muzliklarni, gulduragan sharsharalarni, son-sanoqsiz koʻllarni va xushmanzara barakali vodiylarni bergan ekan. Bu qaysi mamlakat?