Bir safar mashhur professor Nikolay Nikolayevich Zinin imtihon olayotib, talabadan: "Alkaloidlar nima?" deb so‘radi. Talaba: "Alkaloidlar — oxiri '-in' bilan tugaydigan moddalar: strixnin, kofein, xinin, nikotin..." deb javob berdi. Shunda professor uning so‘zini bir qarshi misol bilan bo‘ldi. Qaysi misol bilan?