Quyidagi konstruksiyani tasavvur qiling. Yashil havo sharini olib, uni shaffof havo sharining ichiga solamiz. Yashil sharni damlab, bogʻlaymiz. Shaffof sharni ham damlab, bogʻlaymiz. Endi fizikani eslang va shaffof shar butun qolgan holda yashil sharni qanday qilib yorish mumkinligini oʻylab toping!
Sharlarga rubin lazeri nurini yoʻnaltirish yoki ichki shardagi qizil rangga fokuslash kerak. Nur shaffof shardan oʻtib ketadi, yashil shar esa uni yutadi va yoriladi.