Yetti yillik urush davrida bir necha yil nemis asirligida bo‘lgan fransuz Antuan-Ogyust Parmentye ushbu o‘simlikni shunchalik yaxshi ko‘rib qoldiki, uni Fransiyada albatta yetishtirishga qaror qildi. Uyiga qaytgach, u har qanday yo‘l bilan uni yuqori tabaqa vakillari orasida ommalashtira boshladi va hatto qirolicha Mariya-Antuanettaga uning ba’zi qismlaridan yasalgan marjon sovg‘a qildi. Bu qaysi o‘simlik?