Bu narsa har biringizga ma'lum va deyarli hech kim uni xavfli deb hisoblamaydi. Balki, faqat oʻz hamyoni uchun xavfli boʻlishi mumkin. Ammo Amerikaning Berkli instituti ba'zi xodimalari buni haqoratli "yevrosentrik, imperialistik va jinsiy kamsitishni targʻib qiluvchi qurol" deb hisoblashdi. Yuqoridagi barcha salbiy sifatlarni yoʻqotish va voqelikni yaxshiroq aks ettirish uchun ular ushbu narsani turli oʻlcham, rang va shakllarda chiqarishni tavsiya qilishdi. Uni nomlang.