Diqqat! Savol matnidagi QISQA soʻzi har safar boshqa ikki soʻzning oʻrnini bosadi! Stanislav Cherchesov oʻzining loʻnda oʻgitlari va iboralarga talabchanligi bilan mashhur. Stanislav Vengriyaga koʻchib oʻtganida, jurnalistlar undan murabbiy sifatida oʻzini QISQA tavsiflashni soʻrashdi. «Qisqa qilib aytganda, men — demokratik diktatoriman», — dedi Cherchesov. Diqqat savol: ushbu savolda biz qaysi ikki soʻzni ikki marta QISQA soʻzi bilan almashtirdik?