Milanlik modelyer Malo Matssa nafislik va amaliylikni oʻzida mujassam etgan universal palto oʻylab topdi. Suv oʻtkazmaydigan materialdan tayyorlangan bu palto hoʻl boʻlmaydi va kirlanmaydi. Uni osongina qulay va issiq uxlash qopiga yoki katta sumkaga aylantirish mumkin. Modelyerning gʻoyasi Italiyaning yirik shaharlari maʼmurlari tomonidan qizgʻin qoʻllab-quvvatlandi. Bu palto kimlar uchun moʻljallangan?